HARBIY TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada harbiy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy harbiy ta’lim muassasalarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy ta’lim platformalari, simulyatsion mashg‘ulotlar va kompetensiyaviy yondashuvlarning samaradorligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarning kursantlarning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi hamda jangovar vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion pedagogik texnologiyalar harbiy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonining samaradorligini kuchaytirish va zamonaviy qurolli kuchlar uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.



