five

PARKINSON KASALLIGIDA RIVOJLANADIGAN ASORATLAR VA ULARNI NAZORAT QILISH

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20042464
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Annotatsiya. Parkinson kasalligi— asosan keksa yoshda uchraydigan va markaziy asab tizimining progressiv zararlanishi bilan kechuvchi neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, uning patogenezida substantia nigra hududidagi dopaminerg neyronlarning degeneratsiyasi yetakchi o‘rin tutadi. Ushbu jarayon natijasida dopamin tanqisligi yuzaga kelib, nafaqat klassik motor belgilar (bradikineziya, rigidlik, tremor), balki keng ko‘lamli nomotor buzilishlar ham rivojlanadi. Mazkur maqolada Parkinson kasalligida uchraydigan asosiy asoratlar — motor (motor fluktuatsiyalar, diskineziyalar, yiqilishlar) va nomotor (kognitiv buzilishlar, disfagiya, uyqu va avtonom disfunksiyalar) holatlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli Levadop terapiyasi samarali bo‘lishiga qaramay, vaqt o‘tishi bilan turli asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun davolashda individual yondashuv, dori dozasini optimallashtirish hamda qo‘shimcha farmakologik vositalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, zamonaviy invaziv usullar, xususan chuqur miya stimulyatsiyasi motor simptomlarni nazorat qilishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi, biroq ma’lum xavflarni ham o‘z ichiga oladi. Maqolada shuningdek, reabilitatsiya (jismoniy, nutq va mehnat terapiyasi), multidisiplinar yondashuv hamda statsionar davolash jarayonida yuzaga keladigan muammolar ham keng yoritilgan. Xulosa qilib aytganda, Parkinson kasalligida asoratlarni samarali boshqarish faqat kompleks, uzluksiz va individual moslashtirilgan davolash strategiyalarini qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
5,000+
优质数据集
54 个
任务类型
进入经典数据集
二维码
社区交流群

面向社区/商业的数据集话题

二维码
科研交流群

面向高校/科研机构的开源数据集话题

数据驱动未来

携手共赢发展

商业合作