XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH VA AMALDA QO'LLASH
收藏资源简介:
Ushbu tezisda xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo‘llashning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan xodimlarning bilim, malaka va kompetensiyalariga bog‘liq ekani asoslab berilgan. Xodimlarni qayta tayyorlash tizimining ahamiyati, uni tashkil etish bosqichlari, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish mexanizmlari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, qayta tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik yondashuvlar, masofaviy ta’lim platformalari va raqamli texnologiyalarning roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini samarali tashkil etish korxona va tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini ko‘paytirish hamda inson kapitalini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.



