IMO-ISHORA TILI: O'ZBEKISTONDAGI XALQARO TAJRIBA
收藏资源简介:
Mazkur maqolada imo-ishora tilining tilshunoslik, ta’lim, ijtimoiy integratsiya va inson huquqlari tizimidagi o‘rni hamda O‘zbekistonda uning rivojlanish istiqbollari xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Butunjahon karlar federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ilmiy tadqiqotlar ma’lumotlaridan foydalanildi. Imo-ishora tillari oddiy jestlar majmuasi emas, balki o‘z grammatikasi, leksikasi va sintaktik xususiyatlariga ega tabiiy tillar ekani ilmiy adabiyotlar asosida ko‘rsatib berildi. O‘zbekistonda 2020-yilda imo-ishora tilining nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi shaxslararo muloqot vositasi sifatida huquqiy e’tirof etilishi, 2022-yildagi PQ-407-son qaror bilan o‘zbek imo-ishora tilini rivojlantirish, maxsus kurslar tashkil etish, pedagog va surdotarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanishi muhim institutsional bosqich sifatida baholanadi. Xalqaro tajriba esa huquqiy tan olishni ta’lim, sud-huquq tizimi, davlat xizmatlari, media, raqamli texnologiyalar va mutaxassislar tayyorlash bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.



