遇见数据集

2-TUR QANDLI DIABETDA KARDIORENAL O'ZGARISHLARNI ERTA DIAGNOSTIKA QILISH VA ULARNING PROFILAKTIKASINI OPTIMALLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-04-14 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezis 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal o‘zgarishlarni erta diagnostika qilish va ularning profilaktikasini optimallashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda qandli diabet fonida yuzaga keladigan buyrak va yurak faoliyatidagi strukturaviy hamda funksional o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Kardiorenal asoratlarning rivojlanishida uzoq muddatli giperglikemiya, insulinrezistentlik, arterial gipertenziya, dislipidemiya, oksidlovchi stress va surunkali yallig‘lanish muhim omillar ekani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ushbu o‘zgarishlarni erta aniqlashda mikroalbuminuriya, albumin/kreatinin nisbati, glomerulyar filtratsiya tezligi, kreatinin, HbA1c, lipid spektri va yurakning instrumental tekshiruvlari muhim diagnostik mezon sifatida baholangan. Tezisda kardiorenal buzilishlarning oldini olish faqat glyukemik nazorat bilan cheklanib qolmasdan, balki arterial bosimni nazorat qilish, dislipidemiyani tuzatish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, muntazam monitoring olib borish va zamonaviy kardio-nefroprotektiv yondashuvlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari 2-tur qandli diabetli bemorlarda kardiorenal asoratlarni erta aniqlash, xavf guruhlarini saralash va profilaktik choralarni takomillashtirishda amaliy аҳamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务