EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA CHARM SANOATINI KLASTERLASHNING IQTISODIY ROLI
收藏资源简介:
Mazkur maqola ekologik globallashuv sharoitida charm sanoatini klasterlash jarayonining iqtisodiy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda charm sanoati klasterlarining shakllanishi, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, klasterlash orqali innovatsion texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni kamaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish va xalqaro ekologik standartlarga moslashish imkoniyatlari iqtisodiy nuqtayi nazardan baholanadi. Maqolada ekologik talablarning kuchayishi sharoitida charm sanoati klasterlarining milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni ilmiy-analitik jihatdan asoslab beriladi.



