BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning amaldagi huquqiy, uslubiy va axborot tizimi tahlil qilinadi. Tadqiqotda budjet hisobining milliy standartlari, budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 2024–2026-yillardagi rasmiy ma’lumotlar hamda davlat sektori moliyaviy hisobotlari sifatiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, amaldagi tizimda hisobot shakllarining ko‘pligi, ma’lumotlarning turli axborot tizimlarida takroran shakllantirilishi, hisob siyosatining yetarli darajada standartlashtirilmaganligi, aktiv va majburiyatlarni baholashdagi tafovutlar, izohli ma’lumotlarning cheklanganligi hamda hisobotlarni konsolidatsiya qilishda qo‘lda bajariladigan operatsiyalar mavjudligi aniqlandi.



