KIBERXAVFSIZLIKDA SUN'IY INTELLEKT: PHISHING VA DDoS HUJUMLARINI REAL VAQTDA ANIQLASH – O'ZBEKISTON BANK VA DAVLAT SAYTLARI UCHUN
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining kiberxavfsizlik sohasidagi ahamiyati, xususan, phishing va DDoS hujumlarini real vaqt rejimida aniqlashdagi imkoniyatlari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, bank tizimlari va davlat xizmatlarining elektron platformalarga o‘tishi natijasida kiberxavfsizlik masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari, mashinaviy o‘qitish algoritmlari, anomal trafikni aniqlash mexanizmlari hamda avtomatlashtirilgan himoya vositalarining samaradorligi tahlil qilindi. O‘zbekiston banklari va davlat saytlariga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan phishing va DDoS hujumlarining xavfi, ularning iqtisodiy hamda axborot xavfsizligiga ta’siri chuqur o‘rganildi. Maqolada real vaqt rejimida ishlovchi sun’iy intellekt tizimlarining tahdidlarni oldindan aniqlash, zarar darajasini kamaytirish va xavfsizlikni avtomatik boshqarish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasida sun’iy intellekt asosidagi kiberxavfsizlik tizimlarini joriy etish dolzarb va istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.



