遇见数据集

MARKAZIY OSIYODA TASAVVUF SHAKLLANISHI: AHMAD YASSAVIY TA'LIMOTI MISOLIDA

收藏
Zenodo2026-04-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ishda Markaziy Osiyoda tasavvufning shakllanishi va rivojlanishi Ahmad Yassaviy ta’limoti misolida tahlil qilinadi. Tasavvuf islomning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi sifatida mintaqa xalqlarining madaniy va diniy hayotida muhim o‘rin egallagan. Ahmad Yassaviy o‘z ta’limotida qalb pokligi, Allohga muhabbat, kamtarlik va jamiyatga xizmat qilish g‘oyalarini ilgari surgan. Uning “Devoni Hikmat” asari sodda va tushunarli tilda yozilgani sababli turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Ushbu tadqiqotda Yassaviy ta’limotining keyingi tasavvufiy tariqatlarga ta’siri, jamiyatda axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tarixiy sharoit, ijtimoiy omillar va ustoz-shogird an’analarining ahamiyati tahlil qilinadi. Xulosa qilib aytganda, Ahmad Yassaviy merosi Markaziy Osiyoda tasavvufning ildizlarini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务