遇见数据集

EMPIRIK MA'LUMOTLAR TURLARI

收藏
Zenodo2026-04-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan empirik ma’lumotlarning asosiy turlari, ularning shakllanish manbalari hamda ilmiy bilish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy izlanishlarning boshlang‘ich bosqichida muhim o‘rin tutib, voqelikni bevosita kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘lchash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish va turli ijtimoiy hamda tabiiy jarayonlarni qayd etish orqali hosil qilinadi. Tadqiqotda empirik ma’lumotlarning kuzatuv natijalari, eksperimental natijalar, so‘rov va anketa ma’lumotlari, hujjatli manbalar hamda statistik materiallar kabi turlari ilmiy jihatdan tavsiflanadi. Shuningdek, empirik ma’lumotlarning ilmiy tadqiqot metodologiyasidagi roli, ularning nazariy umumlashtirish bilan o‘zaro bog‘liqligi ham ko‘rib chiqiladi. Empirik materiallar ilmiy gipotezalarni tekshirish, yangi ilmiy xulosalarni shakllantirish hamda mavjud nazariy qarashlarni aniqlashtirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada empirik ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish jarayonining ilmiy izlanish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ham asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ilmiy faoliyatda empirik ma’lumotlardan samarali foydalanish usullarini aniqlash hamda ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务