SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida tyutorlik faoliyatini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida takomillashtirishning pedagogik va amaliy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim jarayonining jadal raqamlashtirilishi sharoitida tyutor faoliyatining mazmuni, talabalarning individual ta’limiy ehtiyojlarini aniqlash, akademik rivojlanishini monitoring qilish, individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish hamda pedagogik maslahat va ko‘mak ko‘rsatish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. UNESCO va OECD tomonidan ishlab chiqilgan konseptual yondashuvlar, shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida sun’iy intellektning intellektual tutoring tizimlari, adaptiv ta’lim, ta’lim analitikasi, generativ sun’iy intellekt va katta til modellari orqali tyutorlik faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida tyutor va sun’iy intellektning o‘zaro hamkorligiga asoslangan takomillashtirilgan faoliyat modeli taklif etilgan. Mazkur modelda sun’iy intellekt tyutorning o‘rnini bosuvchi vosita sifatida emas, balki ta’limiy ma’lumotlarni tahlil qilish, individual tavsiyalar ishlab chiqish, talabaning akademik rivojlanishini monitoring qilish va kommunikativ jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi raqamli yordamchi sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonida ma’lumotlar maxfiyligi, algoritmik xolislik, akademik halollik, raqamli tenglik va insoniy muloqotning saqlanishi bilan bog‘liq muammolar ham tahlil qilingan.



