遇见数据集

INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQNI O'QITISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-04-03 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Jahon ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitish sifatiga va uning mazmuniga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar, samarali ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiluvchi zamonaviy AKTlari, shu jumladan, ulardan maqsadli hamda manzilli foydalanish kontekstini izchil tahlil va tasnif qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarga ehtiyoj ortmoqda. Ayniqsa, bu borada amalda oliy ta’limning chet tillarni o‘rgatish tizimida uch – oflayn (an’anaviy), onlayn (masofaviy) va mustaqil shakllarini o‘zida uyg‘unlashtiruvchi blended shaklidan foydalanish zaruratiga ehtiyoj kuchaymoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalarga ko‘ra, chet tillarni o‘qitishda blended ta’lim shaklining tatbiqiga doir masalalar AQShning Florida, Minnesota, Virjiniya, Kolorado universitetlari, Ostin jamoat kolleji, Onlayn ta’lim konsortsiumi (The Online Learning Consortium (OLC)) hamjamiyati, Slovakiyadagi Kosice texnika universiteti, Finlandiyadagi Yuvyaskyulya universiteti, Rossiya Federatsiyasidagi Moskva davlat pedagogika universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Malayziyadagi Malaya universitetida olib borilgan tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda, oliy ta’limda bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarini tayyorlashda produktiv nutq faoliyati turlarini, ayniqsa, yozuv kompetensiyasini o‘qitish amaliyotida kutilgan natijalarga erishish, sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishni xalqaro ta’lim dasturlari talablari asosida rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务