YURAKNING O'TKAZUVCHI TIZIMI (SA TUGUN, AV TUGUN, GISS TUTAMI)
收藏资源简介:
Ushbu maqolada yurakning o‘tkazuvchi tizimining asosiy tuzilmalari — sinoatriyal (SA) tugun, atrioventrikulyar (AV) tugun va Giss tutamining gistologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi ritmik qisqarishlarni ta’minlovchi maxsus differensiyalashgan mushak hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning mikroskopik tuzilishi oddiy miokard tolalaridan sezilarli darajada farq qiladi. Maqolada SA va AV tugun hujayralarining morfologik belgilari, ularning joylashuvi, hujayralararo bog‘lanishlari hamda Giss tutami tolalarining tuzilishi va o‘tkazuvchanlikdagi ahamiyati gistologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘tkazuvchi tizim elementlarining funksional ahamiyati ularning mikro tuzilishi bilan bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqola tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yurak o‘tkazuvchi tizimini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.



