遇见数据集

BANK BOSHQARUVIDA MUAMALA MADANIYATINING ASOSIY JIHATLARI

收藏
Zenodo2026-05-28 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bank boshqaruvi jarayonida muomala madaniyatining o‘rni va uning institutsional samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xodimlari va mijozlar o‘rtasidagi kommunikatsiya sifati, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi etik me’yorlar hamda ichki boshqaruv madaniyatining qaror qabul qilish jarayoniga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank xizmatlari rivojlanayotgan sharoitda an’anaviy muomala madaniyatining yangi kommunikatsion muhitga moslashuvi masalasi yoritiladi. Maqolada muomala madaniyatining mijoz ishonchini shakllantirish, bank xizmatlaridan qoniqishni oshirish va risklarni kamaytirishdagi funksional ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi kommunikatsiya madaniyati nafaqat mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, balki bank ichki boshqaruv samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy bank tizimida inson omili va raqamli kommunikatsiya o‘rtasidagi muvozanat muhim strategik omil sifatida baholanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务