遇见数据集

KO'KRAK SARATONINI DAVOLASHDA NEOADYUVANT KIMYOTERAPIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-06-30 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ko‘krak saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan xavfli o‘smalardan biri bo‘lib, uni davolashda neoadyuvant kimyoterapiya muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi bir klinikada ko‘krak saratoni bilan davolangan bemorlarda neoadyuvant kimyoterapiya samaradorligini retrospektiv baholashdan iborat. Tadqiqotga 2021–2024-yillar davomida morfologik tasdiqlangan ko‘krak saratoni tashxisi bilan neoadyuvant kimyoterapiya olgan bemorlarning tibbiy hujjatlari kiritildi. Davolash samaradorligi RECIST 1.1 mezonlari, patologik to‘liq javob (pCR), bajarilgan jarrohlik amaliyoti turi hamda davolash bilan bog‘liq nojo‘ya holatlar asosida baholandi. Retrospektiv tahlil natijasida neoadyuvant kimyoterapiya o‘smalar hajmini sezilarli darajada kamaytirishi, patologik to‘liq javobga erishish ko‘rsatkichlarini oshirishi va organ saqlovchi jarrohlik amaliyotlarini ko‘paytirishi aniqlandi. Davolashning nojo‘ya ta'sirlari asosan boshqariladigan darajada kuzatildi. Olingan natijalar neoadyuvant kimyoterapiyaning ko‘krak saratonini kompleks davolashdagi samarali usullardan biri ekanligini tasdiqlaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务