遇见数据集

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING RAQOBATDAGI HUQUQIY HIMOYASI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda kichik biznes subyektlarining raqobat munosabatlaridagi ishtiroki hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Unda kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, erkin va halol raqobat muhitini shakllantirishdagi ahamiyati, shuningdek, monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatdan himoya qilishning huquqiy mexanizmlari yoritilgan. Tezisda milliy qonunchilik normalari hamda xorijiy tajriba asosida kichik biznes subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqobat muhitini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning bozordagi teng ishtirokini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bozor iqtisodiyotida raqobat muhitining adolatliligi barqaror iqtisodiy oʻsishning asosiy shartidir. Oʻzbekistonda YaIMning 55–57 foizini va ish bilan bandlikning 78 foizdan ortigʻini taʻminlovchi kichik biznes subyektlari milliy iqtisodiyotning tirekchasiga aylanib borayotgan boʻlsa-da, ular raqobat muhitida yuqori huquqiy himoyaga muhtoj. Amaldagi qonunchilik va amaliyot oʻrtasidagi tafovut kichik tadbirkorlarning real himoyasizligini keltirib chiqarmoqda. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻgʻrisida"gi 2012-yildagi Qonuni, Antimonopol qoʻmitaning 2020–2023-yillardagi faoliyat hisobotlari, 200 dan ortiq kichik tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan soʻrovlar va 45 ta antimonopol ish materiallari tahlil qilindi. Xorijiy tajriba sifatida YeI, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur va Qozogʻiston qonunchiligi qiyosiy usulda oʻrganildi. Tadqiqot quyidagi beshta asosiy muammoni aniqladi: birinchidan, huquqiy savodxonlikning pastligi — tadbirkorlarning 70 foizdan ortigʻi Antimonopol qoʻmitasiga murojaat tartibini bilmaydi; ikkinchidan, isbotlash murakkabligi — antimonopol shikoyat uchun talab etiladigan 11–15 ta hujjat amaliy toʻsiq boʻlib turibdi; uchinchidan, sud jarayonlarining oʻrtacha 12–18 oy davom etishi moliyaviy yukni oshiradi; toʻrtinchidan, davlat va kvazidavlat subyektlari tomonidan raqobat buzilishi holatlari oshib bormoqda; beshinchidan, raqamli bozorlarni tartibga soluvchi normalarning yoʻqligi elektron tijoratdagi kichik tadbirkorlarni himoyasiz qoldirmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tadqiqot quyidagi konseptual yondashuv asosida tavsiyalar taklif etadi. Qisqa muddatda (1–2 yil ichida): "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonunga kichik biznes uchun soddalashtirilgan shikoyat berish tartibini (5 ta hujjat) kiritish; Antimonopol qoʻmita qoshida bepul mediatsiya markazi tashkil etish; kichik tadbirkorlar uchun onlayn huquqiy konsultatsiya portali yaratish. Oʻrta muddatda (3–5 yil): raqamli bozorlarni tartibga soluvchi alohida boʻlimni qonunga kiritish; Antimonopol qoʻmitada kichik biznes ombudsmanini joriy etish; isbotlash yukini qisman yirik subʻektlarga oʻtkazuvchi normalar qabul qilish. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar AQShning "uch barobar zarar" mexanizmi, YeI Digital Markets Act va Janubiy Koreya tezlashtirilgan koʻrib chiqish tartibining eng samarali jihatlarini birlashtiradi. Janubiy Koreya tajribasi koʻrsatadiki, ixtisoslashtirilgan mediatsiya va tezlashtirilgan tartibning joriy etilishi nizolarni hal etish vaqtini 12 oydan 3 oyga qisqartirishga imkon beradi. Oʻzbekistonda ham shu yondashuv qoʻllanilsa, Antimonopol qoʻmitaga murojaat soni 2–3 baravarga oshishi va kichik biznesning raqobatbardoshligi oshishi kutiladi. Xulosa qilib aytganda, kichik biznesni raqobat muhitida himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish nafaqat huquqiy adolatni taʻminlaydi, balki yangi ish oʻrinlari yaratilishi, innovatsiyalar joriy etilishi va Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga muhim hissa qoʻshadi. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish uchun Antimonopol qoʻmita, Adliya vazirligi va Tadbirkorlik palatasi hamkorligida qoʻshma ishchi guruh tuzish tavsiya etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务