遇见数据集

TIZIMLI QIZIL YUGURIK KASALLIGIDA TERINING ZARARLANISHI

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Tizimli qizil yugurik (TQY) — immun tizimining disregulyatsiyasi, autoantitanalar hosil bo‘lishi va immun komplekslar shakllanishi bilan kechuvchi surunkali autoimmun kasallik bo‘lib, turli a’zolar, jumladan teri zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Teri belgilarining klinik ko‘rinishi kasallikning faolligi, davomiyligi va tizimli zararlanish darajasini baholashda muhim ahamiyatga ega. TQYda teri zararlanishlari o‘ziga xos va o‘ziga xos bo‘lmagan ko‘rinishlarga bo‘linadi. O‘ziga xos teri belgilariga o‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali teri lupuslari kiradi. Malar toshma, diskoid toshmalar, fotosensitivlik, soch to‘kilishi, og‘iz bo‘shlig‘i yaralari, vaskulyar o‘zgarishlar va Reyno fenomeni klinik amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, TQY bilan kasallangan bemorlarning 70–85 foizida kasallikning ma’lum bosqichida teri belgilarining kuzatilishi mumkin [1]. Mazkur tezisda TQYda terining zararlanish shakllari, ularning klinik ahamiyati, diagnostik imkoniyatlari va zamonaviy tasniflash mezonlari tahlil qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务