遇见数据集

Bo'lajak o'qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari

收藏
Zenodo2025-12-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tyutorlik faoliyati bo‘lajak pedagogning o‘quv, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat turlari bilan uzviy bog‘liq kasbiy faoliyat shakli sifatida asoslanadi. Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan o‘quv, axborot, tashkiliy, loyihaviy, metodik, psixologik va baholash yo‘nalishlari mazmunan yoritilib, ularning har biri bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda tyutorlik faoliyatining asosiy pedagogik xususiyatlari sifatida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish, ta’lim jarayonini individuallashtirish, talabalarning mustaqil ta’lim olish va hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metod va texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil etiladi. Psixologik jihatdan esa refleksiya, empatiya, motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, kommunikativ kompetentlik va moslashuvchan fikrlash tyutorlik faoliyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida asoslanadi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning tyutorlik kompetensiyasini shakllantiruvchi motivatsion-aksiologik, kognitiv-operatsion va shaxsiy-refleksiv komponentlarning mazmuni ochib berilib, ularning kasbiy tayyorgarlikdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish uchun metodik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务