遇见数据集

Abdurahmonova Muhabbat Muydinjonovna

收藏
Zenodo2026-03-23 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada raqamli ta’lim muhitida kimyo fanini integrativ o‘qitish asosida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilardan tanqidiy fikrlashni, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni talab qiladi. Raqamli ta’lim platformalari va virtual laboratoriyalar o‘qitish jarayonini interaktiv va samarali usulni ta’minlab beradi. Kimyo fanini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish o‘quvchilarda tizimli va muammoli fikrlashni rivojlantiradi. Kimyo fanini biologiya, fizika, geografiya, matematika, informatika va ekologiya fanlari bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, raqamli platformalar (virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, interaktiv metodlar, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim vositalari) orqali ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari yoritiladi. Integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan raqamli ta’lim muhitining o‘quvchilarda tahlil qilish, taqqoslash, muammo qo‘yish va yechim topish, dalillash, xulosa chiqarish kabi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务