KELAJAK PEDAGOGINING SHAKLLANISHIDA AMALIYOTNING O'RNI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kelajak pedagogining kasbiy shakllanishida pedagogik amaliyotning o‘rni va ahamiyati keng yoritiladi. Pedagogik amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, o‘qituvchilik kasbiga moslashish hamda pedagogik mahoratini rivojlantirishda muhim bosqich sifatida tahlil qilinadi. Maqolada amaliyot jarayonida darsni rejalashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish masalalari ochib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda individual yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Amaliyot davomida orttirilgan tajribalar, shakllangan kasbiy kompetensiyalar va pedagogik ko‘nikmalar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Mazkur maqola kelajak pedagoglarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.



