MEDIA RELATIONS TUSHUNCHASINING EVOLYUTSIYASI VAZAMONAVIY PARADIGMALARI....
收藏资源简介:
Ushbu maqolada media relations tushunchasining tarixiy evolyutsiyasi va zamonaviy paradigmalari tahlil qilinadi. Media relations jamoatchilik bilan aloqalar (PR) tizimining muhim funksional yo'nalishi sifatida ko'rib chiqilib, uning shakllanishi ommaviy axborot vositalari va professional jurnalistikaning rivojlanishi bilan bog'liq holda o'rganiladi. Maqolada Grunig va Hunt tomonidan ajratilgan PRning to'rtta modeli asosida media bilan kommunikatsiyaning matbuot vositachiligidan strategik munosabatlarni boshqarishgacha bo'lgan o'zgarishi yoritiladi. Muallif media relationsning uch asosiy komponentini — axborot, munosabat va strategik komponentlarni ajratib ko'rsatadi hamda uni "matbuot bilan ishlash"dan kengroq ilmiy kategoriya sifatida talqin qiladi. Alohida o'rin raqamli transformatsiyaga qaratilgan bo'lib, zamonaviy media relations paradigmasini belgilovchi tezkorlik, interaktivlik, dialogiklik, ko'p yo'nalishli axborot oqimi, personalizatsiya, multimedia va ma'lumotlarga asoslangan kommunikatsiya (data-driven) tamoyillari tahlil qilinadi. Maqolada media relations chiziqli kommunikatsiyadan tarmoqlashgan kommunikatsiya tizimiga o'tayotgani, uning ishtirokchilari doirasi blogerlar va yangi media subyektlari hisobiga kengayayotgani asoslanadi.



