KASBIY XAVFLARNI BAHOLASH VA PROFILAKTIKA QILISHDA REFLEKSIV-PROFILAKTIK MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
收藏资源简介:
Zamonaviy sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida kasbiy xavflarni boshqarish mehnat gigiyenasining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada xodimlar salomatligini saqlash va kasb kasalliklarining oldini olishda innovatsion yondashuv — refleksiv-profilaktik modellashtirish texnologiyasining (RPMT) o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. An’anaviy ko‘p matnli yo‘riqnomalar o‘rniga algoritmik infografikalar va vizual-algoritmik modellarni qo‘llash orqali xodimlarda xavfsizlik va gigiyenik talablarga nisbatan avtomatik reflekslarni shakllantirish jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, RPMT usuli kasbiy xavflarni identifikatsiya qilish tezligini va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.



