"YASHIL" TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YECHIMLARI
收藏资源简介:
Tezisda “yashil” tadbirkorlikni rivojlantirishda zamonaviy texnologik yechimlarning iqtisodiy mazmuni, ularning kichik va oʻrta biznes subyektlari resurs samaradorligi, xarajatlari, mahsuldorligi va raqobatbardoshligiga ta'siri tizimlashtirilgan. Energiya tejamkor texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, raqamli resurs monitoringi, narsalar interneti, sun'iy intellekt asosida optimallashtirish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, yopiq suv aylanmasi, chiqindilarni qayta ishlash, sanoat simbiozi, raqamli kuzatuvchanlik va mahsulotning hayotiy siklini boshqarish yechimlari tahlil qilingan. Texnologik yechimlarni tanlashda investitsiya sigʻimi, resurs tejami, qaytish muddati, texnologik tayyorlik va ekologik natijani birgalikda hisobga olish zarurligi asoslangan. Muallif tomonidan “raqamli diagnostika – resurs yoʻqotishlarini aniqlash – texnologik yechimni tanlash – moliyalashtirish – joriy etish – natijani raqamli monitoring qilish – tejamni qayta investitsiyalash” bosqichlariga asoslangan rivojlanish mexanizmi taklif etilgan.



