VARIKOZ KASALLIGI BILAN HOMILADORLIKNING KECHISHI VA ASORATLARNI OLDINI OLISH USULLARI
收藏资源简介:
Tadqiqot varikoz kasalligi bilan homiladorlikning kechishi va asoratlarni oldini olish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali negizida 132 nafar homilador ayollar varikozli asosiy guruh (n=99) va nazorat guruhi (n=33)ga bo‘lingan holda o'rganilgan. Homiladorlikning kechishini, klinik va laboratoriya ko'rsatkichlari dinamikasini, bachadon-yo'ldosh tomirlarining tuzilishini va homiladorlik dinamikasidagi asoratlarning chastotasini qiyosiy tahlil qilish o'tkazildi, natijalar asosiy guruhda homiladorlikning asoratli kechishini va profilaktik choralarni qo'llash zarurligini ko'rsatadi. Kalit so'zlar: homilador ayollarda varikoz kasalligi, homiladorlikning kechishi, asoratlarni oldini olish, prenatal akusherlik, bachadon-yo'ldosh qon tomir to'shagi, profilaktika choralari, past molekulyar og'irlikdagi geparinlar (PMOG).



