MULTI-CLOUD INFRATUZILMALARDA TARMOQ RESURSLARINI SINXRON BOSHQARISH TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada multi-cloud infratuzilmalarda tarmoq resurslarini sinxron boshqarish texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Multi-cloud muhitlarining shakllanish sabablari, ularning afzalliklari hamda tarmoq resurslarini boshqarishda yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Shuningdek, dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan tarmoqlar (SDN), tarmoq funksiyalarini virtualizatsiyalash (NFV), konteyner orkestratsiyasi, Service Mesh, trafik muhandisligi, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv texnologiyalarining imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Multi-cloud infratuzilmalarida xizmat sifati, axborot xavfsizligi, yuklama balanslash va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashning zamonaviy usullari tahlil etilgan.



