G'ILDIRAKLI VA GUSENITSALI MASHINALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada g’ildirakli va gusenitsali mashinalardan foydalanish samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari, ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda turli ish sharoitlarida qo‘llash xususiyatlari yoritilgan. Mashinalarning tortish xususiyatlarini yaxshilash, yonilg’i sarfini kamaytirish, texnik xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish va tuproqqa tushadigan bosimni kamaytirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, g’ildirakli va gusenitsali mashinalarni tanlashda ish sharoiti, gruntning fizik-mexanik xususiyatlari, harakat tezligi va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga olish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari texnika resurslaridan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan.



