RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TERMINLAR YARATISH TENDENSIYALARI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot rivojlanishi jarayonida yuzaga kelayotgan yangi terminlarning shakllanish jarayoni, ularning lingvistik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion platformalar va sun’iy intellekt tizimlari rivojlanishi natijasida ilm-fan va texnika sohasida yangi tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Ushbu tushunchalarni ifodalash uchun yangi terminlar yaratilmoqda yoki mavjud terminlar yangi semantik mazmun kasb etmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyot terminologiyasining shakllanish omillari, termin yaratish usullari hamda ularni ta’lim tizimiga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining terminologiya tizimini rivojlantirishdagi o‘rni ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion va raqamli texnologiyalar yordamida terminologik bilimlarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.



