KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL TAHLILI NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur tezisda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi institutsional omillar Namangan viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda qonunchilik, davlat boshqaruvi, soliqqa tortish, kreditlash, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mulk huquqini himoya qilish mexanizmlaridan iborat rasmiy institutlar hamda tadbirkorlik madaniyati, o‘zaro ishonch, oilaviy biznes an’analari kabi norasmiy institutlarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri o‘rganilgan. Namangan viloyatida kichik biznes subyektlarining yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmatlar, savdo, qurilish va investitsiyalardagi o‘rni rasmiy statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tahlil natijalari viloyatda tadbirkorlik faolligi oshib borayotganini, biroq kichik biznes tarkibida savdo va an’anaviy xizmatlarning ustunligi saqlanib qolayotganini ko‘rsatgan. Moliyaviy resurslardan foydalanishdagi cheklovlar, tadbirkorlarning huquqiy va moliyaviy bilimlari yetarli emasligi, bozor infratuzilmasining hududlar bo‘yicha notekis rivojlanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish muammolari asosiy institutsional to‘siqlar sifatida aniqlangan. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosatini natijadorlik mezonlari asosida baholash, kredit kafilligi va biznes xizmatlarini kengaytirish, raqamli platformalarni integratsiya qilish hamda tumanlarning iqtisodiy ixtisoslashuviga mos tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.



