UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
收藏资源简介:
Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari o‘rganilgan. Xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlar hamda ilmiy tadqiqotlarning qiyosiy tahlili asosida “SI dan foydalanish madaniyati” tushunchasi aniqlashtirilgan. U to‘rt komponentli tuzilma sifatida asoslangan: kognitiv (SI ishlash tamoyillarini bilish), amaliy-faoliyatli (SI vositalaridan maqsadli foydalanish), axloqiy-huquqiy (akademik halollik, ma'lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi) va tanqidiy-refleksiv (SI natijalarini tekshirish va baholash). Har bir komponent uchun mezon, ko‘rsatkich va uch shakllanganlik darajasi ishlab chiqilgan. Texnologiya va informatika darslariga hamda sinfdan tashqari mashg'ulotlarga integratsiya qilinadigan olti modulli shakllantirish metodikasi taklif etilgan. Maqolada metodikani amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar va keyingi empirik tadqiqot yo‘nalishlari keltirilgan.



