O'ZBEKISTONDA ELEKTRON PULLAR TIZIMI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda elektron pullar tizimi infratuzilmasini rivojlantirishning iqtisodiy va institutsional yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Elektron pullarning to‘lov xizmatlari ekotizimidagi o‘rni, to‘lov tashkilotlari, elektron hamyonlar, masofaviy identifikatsiya, QR-to‘lovlar, tezkor to‘lovlar, bank va fintech infratuzilmasining o‘zaro integratsiyasi ilmiy-amaliy nuqtai nazardan yoritiladi. Xalqaro tadqiqotlar raqamli to‘lov infratuzilmasi moliyaviy inklyuziya, tranzaksiya xarajatlarini pasaytirish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston uchun interoperabellik, kiberxavfsizlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovutni qisqartirish va ochiq API standartlarini kengaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida asoslanadi.



