MAHALLA YETTILIGINING JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHDAGI O'ZARO HAMKORLIK ALGORITMI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada mahalla yettiligining jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, tashkiliy-huquqiy asoslari hamda profilaktik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi algoritmik yondashuvlar tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda jinoyatchilikning murakkablashuvi, yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarliklarning ortib borishi, kiberjinoyatlar, oilaviy nizolar va ijtimoiy muammolarning kuchayishi mahalla institutidan yanada tizimli va koordinatsiyalashgan faoliyatni talab etmoqda. Maqolada mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi subyektlarning funksional vazifalari, ular o‘rtasidagi axborot almashinuvi, muammolarni erta aniqlash, xavf guruhlarini monitoring qilish hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda raqamli texnologiyalar, ijtimoiy monitoring va fuqarolik nazoratining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida mahalla yettiligi faoliyatini integratsiyalashgan algoritm asosida tashkil etish hududlarda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslab beriladi.



