MARKAZIY OSIYODA ISLOM MOLIYASI VA MIKROKREDIT RIVOJLANISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom moliyasi va mikrokredit tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni kompleks ravishda tahlil qilinadi. Islom moliyasining asosiy tamoyillari, jumladan foizsiz moliyalashtirish, foyda va zararni taqsimlash, aktivlarga asoslangan moliyaviy operatsiyalar hamda ijtimoiy adolatni ta'minlash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tajribalari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, mikromoliyalashtirishning kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashdagi roli baholanadi. Tadqiqot davomida xalqaro moliya institutlari, jumladan Islom taraqqiyot banki, Islom moliyaviy xizmatlar kengashi hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning statistik ma'lumotlari va ilmiy manbalari asosida tahlillar amalga oshirildi. Natijalar Markaziy Osiyoda islom moliyasi bozorining rivojlanishi uchun huquqiy bazani takomillashtirish, innovatsion moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.



