遇见数据集

TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARI TIZIMINING RIVOJLANISH KONSEPSIYASI VA ISTIQBOLLARI

收藏
Zenodo2026-06-09 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining evolyusiyasi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Muallif tezkor-qidiruv faoliyati jamiyat, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq holda takomillashib borishini ta’kidlaydi. Ayniqsa, IT-texnologiyalar, sun’iy intellekt, Big Data va Data Mining usullarining joriy etilishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berishi qayd etilgan. Maqolada tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi rivojlanishining ikki asosiy yo‘nalishi ajratib ko‘rsatilgan: an’anaviy tezkor-qidiruv usullaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda analitik qayta ishlashga asoslangan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash. Shu bilan birga, tezkor xodimlar faoliyatining transformatsiyasi, yangi turdagi mutaxassislar — ma’lumotlar tahlilchilari shakllanishi ehtimoli asoslab berilgan. Muallif ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, algoritmlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydilar. Xulosa sifatida, tezkor-qidiruv tadbirlar tizimining kelajak taraqqiyoti an’anaviy usullar va innovatsion raqamli texnologiyalarning uyg‘unlashuvi asosida amalga oshishi qayd etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务