Home / Archives / Vol. 14 No. 02 (2026): ILM-FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI / Articles AXBOROT RESURS MARKAZLARINING AXBOROT IZLASH TIZIMLARINI YARATISHDA INNOVATSION SHAROITLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada axborot-resurs markazlarida (ARM) zamonaviy axborot izlash tizimlarini yaratishning innovatsion sharoitlari, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari tahlil qilinadi. Axborot izlash tizimlari bugungi kunda foydalanuvchilarning tezkor, aniq va ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, maqolada sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazalari, elektron kutubxonalar va bulutli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari keng yoritilgan. Shuningdek, ARM faoliyatida innovatsion muhitni shakllantirish, axborot xizmatlari sifatini oshirish va foydalanuvchi ehtiyojlariga mos tizimlarni ishlab chiqish masalalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan axborot izlash tizimlari nafaqat ma’lumotlarga kirishni osonlashtiradi, balki bilim olish jarayonini ham sezilarli darajada takomillashtiradi. Maqolada ilgari surilgan g‘oyalar ARM faoliyatini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.



