PSIXOLOGIK TRENINGLARDA ETIK ME'YORLARGA RIOYA QILISH MUAMMOLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada psixologik trening jarayonida etik me’yorlarga rioya qilish muammolari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Trening jarayonida ishtirokchilarning psixologik xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy chegaralarni hurmat qilish, maxfiylik tamoyiliga amal qilish hamda psixolog-trenerning kasbiy va axloqiy mas’uliyati masalalari asosiy tadqiqot obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda psixologik treninglarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan etik buzilishlar, ularning sabablari va oqibatlari tahlil qilinib, ushbu muammolarning trening samaradorligiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, xalqaro va milliy psixologik etika kodekslari talablari asosida trening faoliyatida etik me’yorlarga rioya etishning muhimligi ochib beriladi. Maqola natijalari amaliy psixologiya, ta’lim va trening sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun metodik va amaliy ahamiyatga ega.



