遇见数据集

DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA'MINLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI VA XALQARO ME'YORLAR

收藏
Zenodo2026-04-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezis zamonaviy demokratik davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik (openness) va shaffoflik (transparency) tamoyillarining nazariy-huquqiy asoslarini, ularning xalqaro ilmiy adabiyotdagi talqinlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining hukumat faoliyatini ommalashtirish sohasidagi qonunchilik bazasi va amaliy tajribasini qiyosiy tahlil etadi. Tadqiqot G‘arb siyosiy-huquqiy tafakkurining asoschilaridan Jeremi Bentam, Kristofer Hud va Devid Xild ishlaridan tortib, Bojan Bugarich, Albert Meyyer, Devid Pozen kabi zamonaviy olimlarning "Tanqidiy shaffoflik tadqiqotlari" (Critical Transparency Studies) yo‘nalishidagi qarashlarigacha bo‘lgan nazariy merosni xolisona muhokama etadi. O‘zbekiston misolida 2023-yil Konstitutsiyasining 33-moddasi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘G‘risida»gi O‘RQ-369 qonun va davlat byudjeti shaffofligini tartibga soluvchi normalar tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda qonunchilik darajasida chuqur normativ asos yaratilgan bo‘lsa-da, amaliy ijro samaradorligini oshirish va davlat xizmatchilarining mentalitetini yangilash hali dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务