遇见数据集

FONETIK HODISALARGA ALOQADOR LINGVOPOETIK VOSITALAR

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu (“Fonetik hodisalarga aloqador lingvopoetik vositalar”) maqolada Abdulla Qodiriy romanlarida qo‘llagan fonetik hodisalarga aloqador lingvopoetik vositalar haqida ma’lumot berilgan. Turkiy tillar fonemalar torlik, kenglik, qattiqlik, yumshoqlik va ikki undoshning qator kelish holatlari bilan o‘zga tillardan farqlanishi aytib o‘tilgan. Jahon til ilmida ilk bor qiyosiy tilshunoslik va chog‘ishtirma tilshunoslik turkiy tilda ijod qilgan olimlar tomonidan dalillar bilan asoslanganligi tavsiflangan. Turkiy tillardagi unli va undosh tovushlar o‘zaro uyg‘unlik tizim asosida singormanizm qonuniyatiga bo‘ysunishi izohlangan. Inson tanasining bo‘g‘iz qismida joylashgan nutq a'zolarining ishlash faoliyati jahonda birinchi bor ulug‘ olim Ibn Sino tomonidan ilmiy asoslab berganligi sharhlangan. Har qanday milliy tilning tovush tizimi o‘zgacha, ana shu o‘ziga xoslik va jozibadorlikka tayangan Abdulla Qodiriy milliy tilimizdagi lingvopoetik asoslarni yuqori darajaga olib chiqqanligi qayd etilgan. Yozuvchi ijod qilgan matnlarda fonemalarning lingvopoetik tabiatiga aloqador fonetik hodisalar misollar bilan dalillangan holda ochib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务