TALABA-QIZLARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Maqolada oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Muallif liderlik sifatlarini shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida shakllanadigan integrativ tuzilma sifatida talqin etadi va uning motivatsion, kognitiv, kommunikativ, faoliyatli hamda refleksiv komponentlarini ajratadi. Talaba-qizlarda liderlik salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik modeli, shart-sharoitlari (mentorlik, talaba o‘zini o‘zi boshqarishi, ijtimoiy loyihalar va treninglar) hamda mezonlari asoslab beriladi. Tajriba-sinov natijalari eksperimental guruhda liderlik sifatlarining yuqori darajasi sezilarli o‘sganini ko‘rsatadi. Xulosalar jadval, sxema va diagramma orqali umumlashtirilgan.



