ROBOTOTEXNIKA VA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA AQLLI XIZMAT KOʻRSATISH ROBITLARINI YARATISH TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada robototexnika va sun'iy intellekt asosida aqlli xizmat ko‘rsatish robotlarini yaratish texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Aqlli robotlar xizmat ko‘rsatish sohasida inson mehnatini yengillashtirish, xizmat sifatini oshirish va tezkorlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida qaraladi. Maqolada sun'iy intellekt algoritmlari, mashinaviy o‘rganish, kompyuter ko‘rish va nutqni qayta ishlash texnologiyalarining robotlar faoliyatidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, sensorlar, aktuatorlar va dasturiy ta’minot integratsiyasi orqali robotlarning muhitga moslashuvchanligi va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xizmat ko‘rsatish robotlarining savdo, tibbiyot, mehmonxona va transport sohalaridagi qo‘llanilishi hamda ularning afzalliklari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari aqlli robot tizimlarini yaratishda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi



