遇见数据集

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-02-15 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada korrupsiyaning inson huquqlariga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri, uning davlat boshqaruvi tizimida xavfli ijtimoiy-huquqiy illat sifatida namoyon bo‘lishi hamda inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qonunchilik hujjatlari hamda xalqaro huquqiy normalar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalari o‘rganilgan. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi siyosatga oid nutqlari va tashabbuslari tahlil qilinib, ularning inson huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari korrupsiya adolatli sudlov, ta’lim va tibbiyotdan teng foydalanish, shuningdek teng imkoniyatlar kabi asosiy huquqlarni cheklashini ko‘rsatadi. Maqolada korrupsiyaga qarshi samarali kurash inson huquqlarini to‘liq ta’minlashning muhim sharti ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-15
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务