O'QUVCHILARNING KASBIY MOYILLIKLARINI ANIQLASHDA KOGNITIV DIAGNOSTIKA ILOVASINING SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Maqolada o‘quvchilarning kasbiy moyilliklarini aniqlashda qo‘llaniladigan kognitiv test ilovasini yaratish va pedagogik diagnostika texnologiyasi sifatida joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida to‘rtta asosiy kognitiv funksiyani (mantiqiy-matematik fikrlash, fazoviy tasavvur, verbal intellekt, diqqat va axborotni qayta ishlash tezligi) baholovchi raqamli test tizimi ishlab chiqildi. 240 nafar 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirokida tajriba-sinov ishi o‘tkazildi. Natijalar kognitiv test ilovasidan foydalangan eksperimental guruh o‘quvchilarida kasbiy ongli tanlov ko‘rsatkichining 78,3% ga yetganligini ko‘rsatdi (nazorat guruhida 52,5%). O‘z-o‘zini baholash adekvatlig korrelyatsiyasi eksperimental guruhda r=0,72 ni tashkil etdi. Raqamli pedagogik diagnostika vositalarini kasbga yo‘naltirish tizimiga integratsiyalashning ilmiy-metodologik asoslari ishlab chiqildi va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.



