MOBIL NAVIGATSIYA VA TO'LOV ILOVALARINING JAMOAT TRANSPORTIDAN FOYDALANISHDA YO'LOVCHILAR IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIGA TA'SIRI: TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA
收藏资源简介:
Ushbu maqolada mobil navigatsiya va to‘lov ilovalarining jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri Toshkent shahri misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan mobil ilovalar orqali transport tizimidan foydalanish qulayligi, vaqt tejalishi, xarajatlarni optimallashtirish va xizmat sifati oshishi kabi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarning kundalik hayotida raqamli xizmatlarning roli, ularning transportdan foydalanish odatlariga ta’siri hamda ijtimoiy tenglik masalalari yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mobil navigatsiya va elektron to‘lov tizimlari jamoat transporti samaradorligini oshirish bilan birga, aholining ijtimoiy faolligi va iqtisodiy imkoniyatlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi



