NEFT QUDUQLARINI BURG'ULASHDA TERMIK DESTRUKSIYAGA CHIDAMLI MODIFIKATSIYALANGAN POLISAXARID ASOSLI EFIR KOMPOZITLARINI OLISH TEXNOLOGIYASI VA UNING O'RGANILGANLIK DARAJASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada neft va gaz quduqlarini burg‘ulash jarayonida qo‘llaniladigan burg‘ulash eritmalarining issiqqa chidamliligini oshirishda modifikatsiyalangan polisaxarid asosli efir kompozitlarining ahamiyati, ularni olish texnologiyasi hamda ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan. Burg‘ulash muhitida yuqori harorat va bosim ostida parchalanmaydigan, reologik xususiyatlarini saqlab qoladigan ekologik xavfsiz bio-polimer kompozitlarning tanlanish sabablari keltiriladi. Modifikatsiya usullari — efirlash, kationlash, oksipropillash, karboksimetillash va krosslinkerlash mexanizmlari asosida yoritilgan. Shuningdek, polimerlarning termik destruksiya jarayonlari, ularni inhibe etish texnologiyalari va kompozitlarning yuqori haroratli (180–220 °C) burg‘ulash sharoitida qo‘llanishi bo‘yicha zamonaviy ilmiy ishlanmalar sharh etiladi.



