ОNA ТILI ТА'LIMIDА МILLIY QADRIYATLAR АSOSIDА SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METOLOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ona tili ta’limida milliy qadriyatlar asosida savodxonlikni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Unda savodxonlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda milliy qadriyatlar bilan o‘zaro integratsiyasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish, yozish, fikrlash va nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi, milliy an’analar, urf-odatlar va ma’naviy merosdan samarali foydalanishning metodik yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot davomida tizimli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, integrativ va faoliyatga yo‘naltirilgan metodlar asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga hurmat hamda kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari ona tili darslarining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash va savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.



