ESKROU TIZIMI TUSHUNCHASI, HUQUQIY BELGILARI VA SUBYEKTLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada eskrou tizimining nazariy asoslari, huquqiy belgilari va ishtirokchi subyektlarining xususiyatlari kompleks tahlil qilingan. Eskrou instituti zamonaviy fuqarolik huquqida shartnoma majburiyatlarini ta’minlashning muhim vositasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Tadqiqotda eskrou tizimining konseptual jihatlari, uning huquqiy tabiati, asosiy belgilari va farqlovchi xususiyatlari o’rganilgan. Maqolada eskrou munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlarning huquqiy maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, o’zaro munosabatlari tahlil qilingan. Eskrou agentining o’rni, deponentning majburiyatlari va benefitsiarning huquqlari alohida ko’rib chiqilgan. Tadqiqot anglo-sakson va kontinental huquq tizimlarida eskrou institutining qiyosiy tahlili asosida olib borilgan. Xulosa qismida eskrou tizimining O’zbekiston fuqarolik huquqida joriy etilishi va rivojlanishi uchun nazariy asos yaratuvchi xulosalar shakllantirilgan. Maqola huquqshunoslar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun mo’ljallangan.



