Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlarning o'rganish jarayoniga ijobiy ta'siri
收藏资源简介:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Interfaol yondashuvlar orqali tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi va qiziqishini oshirishdagi ijobiy ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy tajribalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida interfaol metodlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Bundan tashqari, interfaol metodlarning o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash, muloqot qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlardan samarali foydalanish o‘quv jarayonini yanada jonlantiradi, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi va bilimlarni chuqur hamda mustahkam o‘zlashtirishga xizmat qiladi.



