遇见数据集

VILGELM VUNDT PSIXOLOGIYA MAKTABINING ILMIY AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Vilgelm Vundt asos solgan psixologiya maktabining shakllanishi, metodologik yondashuvlari hamda jahon psixologiya fanidagi ilmiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Vundt psixologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida ajratib, uni tajribaviy asosda o‘rganish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab bergan ilk olimlardan biridir. Uning 1879-yilda leypsig universitetida tashkil etgan eksperimental laboratoriyasi psixologiya tarixida tub burilish yasadi. Mazkur maktab doirasida ong hodisalarini ilmiy kuzatish, tajriba va introspeksiya usullari orqali tahlil qilish tamoyillari ishlab chiqildi. Tadqiqotda vundt maktabining asosiy ilmiy g‘oyalari, xususan, psixik jarayonlarning tuzilishi, ong elementlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi masalalari yoritiladi. Shuningdek, ushbu maktabning keyingi psixologik yo‘nalishlar — strukturalizm, funksionalizm va eksperimental psixologiya rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ochib beriladi. Maqolada vundt qarashlarining zamonaviy psixologiya fanidagi metodologik ahamiyati hamda uning ilmiy merosining dolzarbligi ilmiy-nazariy asosda baholanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务