QARSHI SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Qarshi shahri ko‘chalarida jamoat transporti yo‘nalishlarini takomillashtirish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mavjud transport tizimining kamchiliklari, xususan, yo‘nalishlarning takrorlanishi, hududiy qamrovdagi nomutanosiblik va transport vositalarining notekis taqsimlanishi aniqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilar oqimini o‘rganish asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar, geoinformatsion tizimlar va katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Natijada, jamoat transporti tizimini samarali tashkil etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholining transport xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.



