JIU-JITSU MASHGʻULOTLARINING YOSH SPORTCHILARNING PSIXOLOGIK BARQARORLIGI VA STRESSGA CHIDAMLILIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Jiu-Jitsu mashgʻulotlarining yosh sportchilarning psixologik barqarorligi, emotsional boshqaruvi hamda stressga chidamliligini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda sport psixologiyasi, yosh fiziologiyasi va pedagogika sohalariga oid zamonaviy ilmiy adabiyotlar qiyosiy tahlil qilinib, muntazam Jiu-Jitsu mashgʻulotlarining sportchilarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, diqqatni jamlash, qaror qabul qilish tezligi, ijtimoiy moslashuv va psixologik rezilentlik (resilience) ko‘rsatkichlariga ijobiy ta'siri yoritildi. Shuningdek, musobaqa stressi, emotsional zo‘riqish va psixologik bosimni kamaytirishda murabbiylik yondashuvlari, motivatsion muhit, psixologik tayyorgarlik hamda relaksatsiya usullarining ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Jiu-Jitsu mashgʻulotlarini ilmiy asoslangan psixologik tayyorgarlik dasturlari bilan integratsiya qilish yosh sportchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, stressga moslashuvini oshirish va sport natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.



