遇见数据集

KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON KITOBLAR VA ELEKTRON KUTUBXONALARNING O'RNI VA AHAMIYATI

收藏
Zenodo2025-08-27 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda inson ehtiyojlarining o‘zgarishi fonida elektron kutubxonalar fenomeni tahlil etiladi. Axborot asrida bilim olish vositalarining raqamli shakllarga o‘tishi elektron kutubxonalarni muhim infratuzilmaviy elementga aylantirmoqda. Maqolada elektron kutubxonaning kelib chiqish tarixi, uning ta’rifi, imkoniyatlari, afzallik va kamchiliklari bayon qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi, xususan TATU elektron kutubxonasi va ZiyoNET portali faoliyati misolida amaliy jihatlar yoritilgan. Elektron kutubxonalar 24 soat foydalanish, joy tejalishi, ekologik xavfsizlik kabi ustunliklarga ega bo‘lsa-da, ko‘z charchoqlari, matn sifatining pastligi kabi muammolar ham mavjud. Tadqiqotda kontent tahlili va qiyosiy metodlar asosida ilmiy va huquqiy manbalar o‘rganilgan. Xulosa sifatida, elektron kutubxonalar bilim olish, mustaqil o‘rganish va tafakkurni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Ularning samaradorligi esa texnik baza, mutaxassis malakasi va ta’lim tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-08-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务